O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarnint a'zoligiga asoslangan notijorat tashkiloti hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Notarial palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qarorda ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining ”O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 9 sentyabrdagi PF-5816-son Farmoni bilan barcha notarial idoralar notariuslarining a'zoligiga asoslangan O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilangandi.
Notarial palata:
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarnint a'zoligiga asoslangan notijorat tashkiloti hisoblanadi, bunda davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida ushbu palata a'zosi bo‘lishi mumkin; notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi;
Notarial palataning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Konferensiya ushbu palataning yuqori organi, Boshqaruv — ijro etuvchi organi, Taftish komissiyasi — moliyaviy nazorat organi hisoblanadi;
Notarial palataning raisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palataning konferensiyasi tomonidan ushbu konferensiya saylagan Notarial palata boshqaruvi a'zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Hujjat bilan, Notarial palataning ta'sis Konferensiyasi o‘tkazilganligi, unda Notarial palata ta'sis etilganligi, uning ustavi tasdiqlanganligi, Boshqaruv a'zolari, shu jumladan Notarial palataning raisi saylanganligi ma'lumot uchun qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:33 / 22.01.2021
Notarial palata: Bojning bir qismi xususiy notariuslarga to‘lanishida muammolar qolmagan
18:49 / 09.06.2020
Notarial palata bitta notarial harakatni rasmiylashtirishga qancha vaqt sarflayotgani asosida notariuslar reytingini tuzdi
10:47 / 03.12.2019