Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya zirhli texnikasi Suriyaga kirdi - OAV
Turkiya Suriyaga o‘nlab zirhli texnika, jumladan tanklar olib kirdi.
Harbiy kolonna Suriya chegarasini kesib o‘tgan. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi
Ta'kidlanishicha, kolonnada bir necha o‘nlab zirhli texnika, jumladan tanklar bor. Suriyaning Idlib viloyati shimolida joylashgan Kafr-Lusayn nazorat-o‘tkazish punkti orqali kamida 40 ta zirhli mashina va tanklar olib kirilgan.
Ayni vaqtda harbiy texnika qayerga olib ketilayotgani noma'lum.
Avvalroq turkiyalik harbiylar Idlibdagi Saroqib shahri yaqinida yangi blokpost o‘rnatishayotgani ma'lum qilingan. Natijada shaharning shimol, janub va sharqida blokpostlar joylashadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an joriy haftada Rossiyani Suriya bo‘yicha kelishuvlarga amal qilmayotganlikda ayblagan va Moskva Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqmasa, Turkiya o‘zi mustaqil harakat qilishini aytgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025