Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI vakili yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun Eronga boradi
YeIning xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel yadroviy kelishuv va Yaqin Sharqdagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Eronga tashrif buyuradi. Bu haqda YeIning tashqi siyosat xizmati bayonotida ma'lum qilindi.
"Oliy vakil Jozep Borrel 3-4 fevral kunlari Eronga tashrif buyuradi. Tashrif davomida u prezident Hasan Ruhoniy, parlament raisi Ali Larijoniy va tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvlar mintaqadagi so‘nggi voqealar rivojini muhokama qilish imkonini beradi", deyiladi bayonotda.
2018 yil 8 mayda AQSh yadroviy kelishuvdan bir tomonlama tartibda chiqib ketdi va Tehronga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.
14 yanvarda Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari yadroviy kelishuvni amalga oshirish doirasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilish mexanizmi ishga tushirilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
10:38 / 21.05.2025