Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyada turk harbiylariga qilingan hujumni «burilish oni» deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya Idlib viloyatida o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzganini va o‘z qo‘shinlarini turk kuzatuv punktlaridan xavfsiz masofaga olib ketishi kerakligini aytdi.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Suriya hukumat qo‘shinlarining turk harbiylariga qilingan hujumi Turkiya uchun Suriyadagi “burilish oni” bo‘ldi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
“Agar Suriya kuchlari fevralda o‘z harbiylarini Idlibdagi turk kuzatuv punktlaridan xavfsiz masofaga olib ketmasa, Turkiya javob choralari ko‘rishga majbur bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Turkiya yetakchisi parlamentdagi chiqishi vaqtida. U Turkiyaning quruqlikdagi va havo kuchlari Idlibda erkin harakatlanishi, zarur bo‘lgan amaliyotlarni amalga oshirishini ta'kidlab o‘tgan.
Idlibda 3 fevralda turk harbiylari suriyalik qo‘shinlar o‘qqa tutishiga uchragan. Buning oqibatida 8 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan. Shundan keyin Turkiya javob choralari ko‘rib, Suriya kuchlari pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Oqaraning ma'lum qilishicha, javob o‘qqa tutish vaqtida 76 suriyalik harbiy halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025