Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda issiq suv va issiqlik energiyasida uzilish bo‘ladi
Yunusobod tumanida issiq suv va issiqlik energiyasida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi
Joriy yilning 5 fevral kuni Yunusobod tumanidagi issiqlik magistral tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, buning natijasida Yunusobod tumani 2,3,4,11,13,14,17- mavzelari, A.Temur hamda Shahriston ko‘chalarida istiqomat qiluvchi iste'molchilar uchun issiq suv va issiqlik energiyasidan vaqtinchalik uzilish kuzatiladi.
Ko‘rsatilgan manzillarda muammoni bartaraf etish yuzasidan maxsus texnika va mutaxassislar tomonidan ish olib borilmoqda, deyilgan ma'lumotda.
Shuningdek, “Toshissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
08:50 / 24.04.2025