O‘zbekiston | 22:23 / 10.02.2020
8553
2 daqiqa o‘qiladi

Binar himoya tizimi asosida ilmiy daraja olish tartibi tasdiqlandi

Foto: Pixabay

Vazirlar Mahkamasining «Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 martidan e'tiboran, O‘zbekiston Milliy universiteti bazasida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil berish amaliyoti tajriba tariqasida uch yil muddatga joriy etiladi.

Shuningdek, qaror bilan binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom, binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) diplomining davlat namunasi tasdiqlangan.

Tajriba davomida O‘zMU binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini tashkil etadi va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil beradi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi dissertatsiyalar himoyasi monitoringini amalga oshiradi.

Mavzuga oid