Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning eng yirik banki egasi o‘zgaradi
Rossiyaning eng yirik banki hisoblangan “Sberbank”ning egasi o‘zgaradi. Rossiya hukumati bankning Markaziy bankka tegishli ulushini (50 foiz plyus bir aksiya) Milliy farovonlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bozor narxida sotib olmoqchi.
Bu haqda Rossiya moliya vazirligida ma'lum qilingan. Sotib olinadigan nazorat paketi 2,8 trln rublga baholangan.
Moliya vaziri Anton Siluanovning ta'kidlashicha, bankning nazorat qiluvchi aksiyadori o‘zgarishi fuqarolarning bankdagi omonatlariga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Ayni vaqtda Rossiya Markaziy bankining “Sberbank” kapitalidan chiqishi bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan va u hukumatga ko‘rib chiqish uchun yo‘llangan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Markaziy bank ham “Sberbank” aksiyadori bo‘lishi, ham tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi organ hisoblanishi manfaatlar ziddiyatini keltirib chiqarishi mumkin, aksiyalarning sotilishi esa bu muammoga barham beradi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025