Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroporti shahar tashqarisiga ko‘chiriladi
Toshkent xalqaro aeroporti yaqin yillarda shahar tashqarisiga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Aeroport rekonstruksiyasi ham amalga oshiriladi.
Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport yaqin yillarda Toshkent shahridan tashqariga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Bu haqida Uzbekistan Airports AJ raisi Ravshan Ismoilov ma’lum qildi.

“Hozir xalqaro aeroport shaharning markazida joylashgan. Lekin yaqin kelajakda uni shahar tashqarisiga – 30-35 km uzoqlikda Angren yoki Chinoz tomonga ko‘chirish rejalashtirilgan”, − deydi Ravshan Ismoilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda ushbu aeroportda rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Rekonstruksiya natijasida hozirda 6 mln.ni tashkil etayotgan fuqaro tashish hajmi yiliga 7-8 mln.ga oshiriladi, ro‘yxatga olish qatorlari 24tadan 48taga yetkaziladi.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, hozirda qurilishi davom etayotgan “Toshkent-Sharqiy” aerodromi keyingi yilda ishga tushadi.
“Toshkent-Sharqiy” o‘z fuqaro va yuk terminaliga ega bo‘lgan to‘laqonli aeroport sifatida ish boshlaydi. Uni Islom Karimov nomidagi aeroport bilan bog‘lash va yagona hab sifatida foydalanish rejalashtirilgan”, − deydi Ravshan Ismoilov.
Mavzuga oid
15:24 / 02.03.2025
Douglas, Boeing, Airbus va Tu-154 – Fuqaro aviatsiyasi tarixida urib tushirilgan samolyotlar
18:49 / 05.01.2025
Britaniyada noqulay ob-havo sharoiti tufayli qator aeroportlar faoliyati to‘xtatildi
12:37 / 14.12.2024
Fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng yirik halokatlar
12:22 / 08.12.2024