Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus sababli rad etilayotgan kemani Kamboja qabul qilishga rozi bo‘ldi
Kamboja bortida koronavirusga chalinganlar bo‘lishi mumkinligi xavotiri sababli Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida qabul qilinmayotgan Westerdam kruiz laynerini qabul qilishga rozi bo‘ldi.
Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.
Ayni vaqtda Tailand sohillari yaqinida suzib yurgan kema 13 fevral ertalab Kambojaning Sianukvil portiga yetib keladi.
Westerdam navbatdagi safariga Hongkongdan 1 fevralda chiqqan. O‘shandan beri kemani bortida koronavirusga chalinganlar bo‘lishi mumkinligi gumoni ostida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari qabul qilishdan bosh tortyapti. Jumladan, kemaga Yaponiya, Filippin, Guam, Tailand, Janubiy Koreya va Tayvan rad javobini bergan.
Ayni vaqtda kema bortida 1455 sayyoh va ekipajning 802 a'zosi bor. Kema egasi Holland America Line kompaniyasining ta'kidlashicha, undagi odamlarning barchasi sog‘lom. Kema o‘z sayohatini 15 fevralda Yaponiyaning Yokogama shahrida yakunlashi kerak edi.
Kamboja sog‘liqni saqlash vazirligi davlat kotibi agar kemadagi barcha yo‘lovchilar haqiqatan ham sog‘lom bo‘lsalar, “ularga shubhasiz Kambojada ta'tilni o‘tkazishga imkon berilishi kerakligini” aytgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus Kamboja hukumatiga bu “olijanoblik” uchun minnatdorlik bildirgan.
Ayni vaqtda boshqa bir kema - bortida 3,7 ming kishi bo‘lgan Diamond Princess layneri Yokogama portida karantinda turibdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, kemada virus aniqlangan kishilar soni 174 nafarga yetgan. Yo‘lovchilar virusni kemadan Hongkongda tushib qolgan keksa erkakdan yuqtirib olishgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021