Jamiyat | 23:15 / 13.02.2020
68518
2 daqiqa o‘qiladi
«Mahkuma»: Zangiota ayollar koloniyasidan maxsus fotoreportaj
Kun.uz ijodiy jamoasi Zangiota tumanidagi ayollar koloniyasida bo‘ldi. U yerda mahkumalarning yashash tarzi, mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mahkumalar bilan suhbatlashildi.
O‘zbekistonda yagona bo‘lgan ushbu koloniyada mahkumalar sodir etgan jinoyati darajasiga qarab alohida guruhlarga ajratilgan. Bu yerda 18 yoshdan boshlab 70 yoshgacha (undan yuqori) bo‘lgan mahkumalar bor. Koloniya alohida qismlarga ajratilgan: bolalar uyi, madaniyat va ma'rifat markazi, yotoqxona, uchrashuv xonalari, mahkumalar mehnat qiladigan ishlab chiqarish hududi kabilardan iborat. Ushbu fotojamlanmada koloniya hayotini turli rakurslarda ko‘rsatilgan.
Ilyos Safarov, Muhabbat Ma'mirova – Kun.uz muxbirlari,
Otaxon Yusupov - fotograf