Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada odamlar noma'lum kasallikdan vafot etmoqda
Nigeriyalik tibbiyotchilarning ta'kidlashicha, bu Xitoyda tarqalgan koronavirus emas. Ayni vaqtda ushbu kasallikdan og‘riganlar soni 100 nafardan oshib ketgan.
Niregiyaning Benue shtatida noma'lum kasallik tarqalishi qayd qilindi. Undan ayni vaqtda 15 kishi vafot etgan, 104 ta kasallanish holati qayd etilgan. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi.
Mahalliy hukumatning ta'kidlashicha, bu Xitoyda avj olayotgan COVID-19 koronavirusi emas.

Ta'kidlanishicha, noma'lum kasallikdan ilk kasallanish holatlari yanvardayoq qayd qilingan. Uning asosiy alomatlari oshqozon shishishi, ko‘ngil aynish, qayd qilish, ichburug‘, bosh og‘rig‘i hisoblanadi. Dastlab shifokorlar kasallik alomatlari Lassa bezgaginikiga o‘xshash bo‘lgani sababli bezgak yana avj olmoqda deb o‘ylashgan.
Hozirda kasallikni davolash usuli topilmagan. Laboratoriyadagi tibbiyotchilarning ma'lum qilishicha, ular avval uchramagan “yangi kasallikka” to‘qnash kelishgan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
14:22 / 05.02.2025
Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
22:06 / 28.01.2025