Dilorom Toshmuhammedova «Oila» markazi direktori lavozimidan ozod qilindi
2018 yilning sentabr oyidan buyon «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktorlik qilib kelgan Dilorom Toshmuhammedova o‘z lavozimidan ozod qilindi.
14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.
«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5325-sonli farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
2018 yilning sentabr oyida Dilorom Toshmuhammedova ushbu markaz direktoriga aylangandi.
O‘zbekiston “Adolat” SDP matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Dilorom Toshmuhammedova endi doimiy asosda ishlovchi senatorga aylanadi
Bildirilishicha, Dilorom Toshmuhammedova bundan buyon doimiy asosda ishlovchi senator sifatida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.
D. Toshmuhammedova 2020 yil 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlarining qo‘shma majlisida senator etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Dilorom Toshmuhamedova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri bo‘lgan. Ma'lumoti bo‘yicha shifokor. 1984 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini va 2003 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Mavzuga oid
14:16 / 04.03.2021
«Biz qo‘ygan savollarga hukumatning aniq javoblarini ko‘rmadik» - Senat qo‘mitasi
09:30 / 18.08.2020
Intervyu: Dilorom Toshmuhammedova davlatning oila institutiga aralashuvi, «eskirayotgan» ayrim qadriyatlar va alimentdan qochadigan otalar haqida
22:25 / 22.07.2020
Dilorom Toshmuhammedova koronavirus testlari o‘tkazishni keskin ko‘paytirishni taklif qildi
10:15 / 26.01.2020