Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadan 4 ta Mi-35M jangovar vertolyoti oldi
O‘zbekiston mudofaa vazirligi Rossiyadan 4 ta Mi-35M transport-jangovar vertolyoti oldi. Vertolyot zirhli texnikani yo‘q qilish va quruqlikdagi qo‘shinlarni o‘t ochish bilan qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan
Bu haqda “Novosti Tashkenskogo Neba” Telegram-kanalida ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, vertolyotlar hozirda Toshkent xalqaro aeroporti turargohida turibdi.
Avvalroq “Novaya gazeta” nashri 2019 yil 4-choragida O‘zbekistonga 4 ta, 2020 yilda esa yana 8 ta Mi-35M vertolyoti yetkazib berilishini ma'lum qilgan.
Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotlar O‘zbekistonga 2017 yilda taqdim qilingan davlat eksport krediti bo‘yicha yetkazib berilgan.
Mi-35M yuqori aniqlikdagi zamonaviy qurol bilan qurollangan va turli ob-havo sharoitlarida kun bo‘yi jangovar vazifalarni bajara oladi. Shuningdek, vertolyotlardan harbiylar va texnikani tashishda foydalanish mumkin.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025