Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Butunjahon ayollar forumida ishtirok etadi
O‘zbekistonda gender tengligini ta'minlash komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyeva, Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum zoti oliyalari taklifiga binoan, 2020 yilgi Butunjahon ayollar forumida qatnashadi.
Forum 16-17 fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadi. Unga taklif etilganlar orasida AQShning birinchi xonimi Ivanka Tramp, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Tereza Mey kabi dunyoning nufuzli ayollari ham bor.
Ikki kunlik anjumanda 87ta davlatdan jami 3 mingdan ortiq delegat qatnashishi kutilyapti. 60dan ziyod vorkshop va sessiyalarda turli mavzular muhokama qilinadi.
Jumladan, Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda gender tengligini ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma'ruza qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyeva 2019 yil aprelidan 2020 yil yanvariga qadar O‘zbekiston prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan, fevral oyidan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida ish boshlagan edi.
Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025