Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Shermatov: «Xususiy maktablarga o‘gay boladek qaralgan»
Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Murojaatnomasi: Harakatlar Strategiyasining 3 yillik samarasi va 2020 yilga belgilangan ustuvor vazifalar” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.
Unda xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.
“Xususiy maktablarga “o‘gay boladek” qarab kelingan. So‘nggi 3 yil ichida xususiy maktablar oldidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi. Oddiy bir misol: litsenziya olish masalasi. [Ilgari] Vazirlar Mahkamasidan olinardi. Hozir hujjat topshirib, istalgan Davlat xizmatlari markaziga borib, litsenziya olinadi. Shu paytgacha xususiy maktablarning birortasi attestat bermagan, hozir xususiy maktablar davlat maktablari kabi attestat bera oladi. Bu sohaga raqobat kirib kelib, sohada ham rivojlanish boshlanadi”, – dedi Shermatov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalq ta'limi vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan Sergeli tumanida davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi maktablarni qurish bo‘yicha loyiha boshlagan.
Sherzod Shermatov yildan yilga oliy ta'limda kirish kvotasi oshirilishi haqida gapirib, bu qulay imkoniyat ekanini ta'kidladi.
“Bu imkoniyatdan yaxshiroq foydalanish uchun joriy yildan variativ o‘quv rejalari joriy qilindi. Masalan, [o‘quvchi] muhandislik yo‘nalishiga tayyorlanadigan bo‘lsa, muhandislik bo‘yicha fanlarni, shifokorlik yo‘nalishiga bo‘lsa, kimyo, biologiya fanlarini ko‘proq o‘qiydi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
14:01 / 13.02.2025