Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg saylovlarga aralashishga urinish ko‘pincha «ichkaridan» bo‘lishini aytdi
Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, har kuni millionga yaqin soxta sahifalar, aksariyat hollarda ular yaratilganidan bir daqiqa o‘tishiga yopiladi.
Saylovlarga ijtimoiy tarmoqlar orqali ta'sir ko‘rsatishga urinish borgan sari tashqaridan emas, balki ichkaridan – saylov o‘tayotgan mamlakat aholisi tomonidan bo‘lmoqda, dedi Facebook rahbari Mark Tsukerberg.
«Gap xorijdan urinishlar emas, balki ko‘proq «ichki» urinishlar to‘g‘risida bormoqda», - dedi u Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada.
Tsukerberg keyingi yillarda saylovlarga ta'sir ko‘rsatishga urinishlar murakkablashganini, shu bois Facebook keng miqyosdagi himoya choralarini ko‘rayotganini aytdi.
Ammo uning ogohlantirishicha, bu boradagi vaziyat doimo o‘zgarib bormoqda.
Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, har kuni millionga yaqin soxta sahifalar, aksariyat hollarda ular yaratilganidan bir daqiqa o‘tishiga yopiladi. U bular asosan saylovga ta'sir ko‘rsatishga uringan odamlarning akkauntlari emas, balki spamchilarning sahifalari ekanligini aytdi.
Mavzuga oid
18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi
22:15 / 15.01.2025