Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aeroport yig‘imlari pasaytiriladi
O‘zbekistonda xorijiy aviakompaniyalarga qulayliklar yaratish, mamlakatning aviatsion jozibadorligini oshirish maqsadida barcha aeroportlarda aerport yig‘imlarini 20 foizga kamaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vaziri Elyor G‘aniyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan I Xalqaro aviatsiya forumida aytib o‘tdi.
U o‘z nutqida aviatsiyani rivojlantirish oldida turgan vazifalarga to‘xtalib, aviatsiya tarmog‘i raqamli texnologiyalarsiz rivojlana olmasligini ta'kidladi.
«O‘zbekistonga uchib keladigan aviakompaniyalar sonini oshirish ustida ishlayapmiz. Shu maqsadda respublikadagi aeroportlarning jozibadorligini oshirish uchun barcha hududiy aeroportlarda aeroport asosiy yig‘imlarini kamida 20 foizga pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qilingan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda muxbiri.
Vazir har bir alohida aviakompaniya bilan differensiatsiyalash yondashuvi asosida muzokaralar olib borilishi maqsadga muvofiq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025