Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShdan Patriot zenit-raketa majmualari yetkazib berishni so‘radi
12 fevralda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Moskva va Damashqni Idlibdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuvga amal qilmayotganlikda ayblagandi.
Turkiya Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya qo‘shinlarini to‘xtatish uchun AQShdan ikkita Patriot zenit-raketa majmuasini yetkazib berishni so‘radi. Bu haqda Anqaradagi manbasiga tayanib Blumberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Turkiya Patriot majmualarini o‘zining janubiy chegaralariga o‘rnatmoqchi va "kelgusida Rossiya tomonidan havodan turib qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya qo‘shinlarini jazolamoqchi".
Keyinroq Turkiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili ushbu xabarni rad etdi.
12 fevralda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Moskva va Damashqni Idlibdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishuvga amal qilmayotganlikda ayblagandi. Uning ta'kidlashicha, prezident Bashar Asad kuchlari rossiyalik harbiylar bilan birga mahalliy aholiga hujum qilmoqda.
19 fevral kuni Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Rossiya va Turkiyaning Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat bo‘yicha olib borayotgan muzokaralari “hozircha qoniqarli natijalarni olib kelmagani”, Turkiya Rossiya tomonidan taklif qilinayotgan hujjatlar va xaritani qabul qilmaganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025