Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq koronavirus sababli Eron bilan chegarasini yopdi
Iroq hukumati Covid-2019 koronavirusi tarqalishi xavotiri ostida Eron bilan chegarasini yopdi. Ushbu qaror Eronda ikki kishi koronavirusdan vafot etgani e'lon qilingandan keyin qabul qilingan.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Eronda 19 fevralda ikki kishi koronavirusdan vafot etgani ma'lum qilingandi.
Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi bunday choraning kiritilishini “ikki davlat o‘rtasida odamlar oqimi yuqoriligi va ularni tekshiruvdan o‘tkazish hamda karantinda saqlashni ko‘zda tutuvchi profilaktik choralarni ta'minlashdagi murakkabliklar” bilan tushuntirgan. Ushbu oqim diniy ziyorat mavsumida bir necha million kishiga yetishi mumkin.
Shu bilan birga, Iroq hukumati Erondan qaytuvchi iroqliklarga chegaralarni yopmaydi. Ular qaytganlaridan keyin ikki hafta karantinda qolishlari kerak bo‘ladi.
Iroq aviakompaniyalari ham Eronga reyslarni to‘xtatdi. Bundan tashqari, Armaniston ham Eron bilan chegarada nazorat kuchaytirilishini e'lon qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
23:21 / 15.05.2025