Jamiyat | 09:50 / 21.02.2020
13819
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda mehmondorchilik pichoqbozlik bilan yakunlandi

Namanganda sinfdoshlar orasida o‘tkazilgan mehmondorchilik pichoqbozlik bilan yakunlandi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 15 fevral kuni soat 21:00da Namangan viloyati Norin tumani “To‘lqin” mahallasida joylashgan uylarning birida sinfdoshlar orasida tadbir o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, uning davomida 17 yoshli O.U. tadbirga qo‘shni mahalladan kelgan 17 yoshli B.S. bilan o‘zaro janjallashib, yonida olib kelgan pichoq bilan B.S.ning tanasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Natijada B.S. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, O.U. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid