Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 3 ming tonna oltin topilgani haqidagi xabar rad etildi
Hindistonning geologik xizmati Uttar-Pradesh shtatida 3 ming tonnadan ko‘proq oltin topilgani haqida avval tarqalgan xabarni rad etdi.
Avvalroq ba'zi OAVlar Hindistonda mamlakat oltin zaxirasini bir necha karra ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan oltin koni topilganini ma'lum qilgan.
Biroq geologik xizmatda ta'kidlanishicha, Uttar-Pradeshda uzog‘i bilan 160 kilogramm oltin topish mumkin.
Ayni vaqtda Hindistonning oltin zaxirasi 626 tonnani tashkil qiladi. Bu borada AQSh 8133 tonna oltin bilan yetakchilik qiladi.
Agar Uttar-Pradeshda oltin koni topilgani haqidagi xabar tasdiqlanganda, unda Hindiston 3366 tonna oltinga ega Germaniyani 2-o‘rindan pastga tushirib yuborgan bo‘lardi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025