Jamiyat | 10:59 / 26.02.2020
10586
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat yerini 29 000 dollarga baholaganlar qo‘lga olindi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Illyustrativ foto

Shu yil 19 fevral kuni Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro Namangan viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

U Namangan shahrida yashovchi tanishi bilan tadbirkorlik qilish uchun yer maydoni qidirib To‘raqo‘rg‘on tumaniga borgan vaqtida A. ismli shaxs o‘zini tuman Kadastr bo‘limida ishlashini aytib, uni fermer xo‘jalik rahbari “R” ismli shaxs bilan tanishtiradi va fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonidan 80 sotixini 25.000 AQSh dollariga sotishlarini, kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun 4.000 AQSh dollari ketishini aytib, 80 sotix yer maydoni uchun jami 29.000 AQSh dollari so‘rashganini bildirib, ushbu shaxslarning harakatlari qonuniyligini tekshirib berishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida A. va R. ismli shaxslar fuqaro va uning sherigidan 16.500 AQSh dollarini pora berishga dalolat qilib, firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtlarida ushlanib, xolislar ishtirokida 16.500 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB TB tomonidan 2020 yil 24 fevral kuni JKning 168-moddasi 3-qismi va 25,211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid