Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston qator mamlakatlardan kelayotganlar uchun karantin joriy qildi
Tojikistonga Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va Erondan kelayotganlarning barchasi karantinga joylashtiriladi
Foto: Asia-Plus
Tojikistonga Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va Erondan kelayotganlarning barchasi 27 fevraldan boshlab karantinga joylashtiriladi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining o‘rinbosari Mirhomuddin Kamolzoda xabar berdi.
«Tojikistonga Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va Erondan kelayotganlarning barchasi 27 fevraldan boshlab karantinga joylashtiriladi. Ushbu choralar Tojikistonda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirilmoqda. Bunga qadar faqat Xitoydan kelgan fuqarolar karantindan o‘tkazilayotgandi», - dedi u.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus holatlari qayd etilgan Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va Erondan kelayotganlar ikki hafta davomida shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi.
Shuningdek, 25 fevral kuni Tojikiston O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirdi.
Mirhomuddin Kamolzodaning xabar berishicha, bundan buyon O‘zbekiston va Afg‘onistondan kirib kelganlarning barchasi (sababi, ko‘plab fuqarolar Janubiy Koreyadan Tojikistonga O‘zbekiston orqali keladi) aeroport hamda nazorat-o‘tkazish punktida sanitar nazoratdan o‘tkaziladi - ularning tana haroratini o‘lchashadi, yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yishadi.
Tojikiston rasmiylari Kobul bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish masalasini ham ko‘rib chiqayotgani ma'lum qilindi.
Bundan oldin, Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024