BDK feed omuxta yemlari – sifat va natija!
Bugungi kunda, chorvachilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, chorvadorlar ham bu borada ilmiy yondashish zarurligini anglab yetganlari holda omuxta yem berishda o‘zini oqlagan mahsulotlarni tanlamoqda.
Qolaversa, kam xarajat bilan ko‘proq samaraga erishish har qanday tadbirkorlik mezonidir. Buning uchun chorvadorlikda «sigirning yeliniga qarama, yemiga qara», degan maqolga rioya qilish talab etiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mahalliy telekanallardan birida ayni mavzu – chorvachilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tashkil etildi. Unda, soha ilmiy xodimlari, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar qatnashdi. Ko‘rsatuvda chorvachilik, baliqchilikda hayvonlarga beriladigan omuxta yemlar haqida ham so‘z bordi. Xususan, ishtirokchilarning ayrimlari BDK feed korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan omuxta yemlar sifati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
«BDK feed korxonasi bilan hamkorlikda ishlaymiz. Bundan oldin, boshqa korxonalarning yemlarini qoramollarimizga berib ko‘rganmiz. Hozirgi kunda 700 bosh Shved, Semental zot qoramollarni boqamiz. O‘shalarga ilgari o‘zimiz aralashma tayyorlab berardik. Sigirlarning o‘shanda bergan suti bilan hozirgisining juda farqi katta. Misol uchun, o‘sha vaqtda oyiga 38-40 tonna sut olingan. BDK feed omuxta yemlaridan foydalanamiz. Shu bugungi kunda BDK feed yemlari yordamida 56-58 tonnaga chiqardik», - deydi bekobodlik fermer Shukurov Komil.
«BDKkompaniyasi mahsulotlarini chorvalarimizga bera boshlaganimizga 1 oy bo‘ldi, ya'ni sinashga olgandik. Haqiqatdan ham sut miqdori 25 foizgacha oshdi. Yog‘lilik darajasi ham 4,2 olayotgan bo‘lsak, 4,4-4,5 foizga chiqdi. Chorva mollarning ko‘rinishi ham chiroyli bo‘lib qoldi. O‘zimizda arpa, bug‘doy, kunjara bo‘lgani bilan, BDKemlari tarkibida boshqa qo‘shimcha ozuqalar, vitamin va minerallar ham borligi uchun, bizga shu yem ma'qul bo‘lyapti», - dedi Farg‘ona viloyati, Furqat tumanilik chorvador Jo‘rayev Ziyodulla.
«Echkichilik klasteri yo‘nalishida faoliyat yuritamiz. Bu kompaniya bilan 4-5 yildan buyon ishlayapman. Bu korxona omuxta yemlarini olmagan kunlarimiz ham bo‘ldi, qanday bo‘larkan, degan maqsadda. Ammo, bo‘lmadi. Biz BDK yemlaridan foydalangan holda echki sutlarini 20-25 foizga oshiryapmiz. Yog‘lilik darajasi 5,8-6 foizni tashkil etmoqda», - deydi xo‘jalik rahbari Aliyev Tofik.
«BDK feed omuxta yemlari nafaqat qoramollar uchun ishlab chiqariladi. Balki, parranda, baliq, mayda shoxli chorvalarga ham mo‘ljallangan turlari ham bor. Aytmoqchimanki, bular qoramolning o‘sish davriga moslashgan yemlarni ishlab chiqaradi. Sut davridagi yosh buzoqlar, jadal o‘sadiganlariga, sog‘in sigirlar va bo‘rdoqiga boqilayotganiga qarab alohida ishlab chiqiladi. Sigirning ham mahsuldorligi inobatga olingan holda yem tayyorlanadi. 15 litr sut beradigan sigirga boshqacha, 30 litr sut beradigan sigirga boshqacha tarkibda. Uning tarkibi bir-biriga mutanosiblashgan», - deya mavzuni davom ettiradi tadqiqot instituti ilmiy xodimi Karim Xudoyorov.
«5 yildan beri BDK yemlarini olib, sinab ko‘rib, natijalari ijobiy bo‘lganidan so‘ng, chorvalar shu yem bilan boqilyapti. Tarkibida vitamin va minerallar borligi tufayli, chorva mollarida modda almashinuvi yaxshi bo‘ladi. 5-6 kunda natija bera boshlaydi. Sutlari ko‘payadi, yog‘lilik darajasi oshadi. Qoramollarning erta kuya kelishi, raxit kasalligining oldini olishi bilan foydalidir», - deydi xorazmlik veterinar-shifokori Komil Ochilov.
Bo‘rdoqiga boqilayotgan chorva mollar uchun ishlab chiqarilgan, oqsil va uglevodlar bilan boyitilgan yemlar go‘sht miqdori o‘sishini 20-30 foizga oshiradi. Bu bir kunda 1,5-2 kg vazn olishini anglatadi. Mol va qo‘ylar, baliqning vazn olishini tezlashtiradi. Go‘sht tarkibida yog‘ qatlamlari kamayishi, go‘sht tolalari ortishiga olib kelib, charvi miqdori kamayadi, go‘sht miqdori ortadi. Bozorda xaridorgir «marmar» go‘sht yetishtirish mumkin bo‘ladi.
Keling, shu o‘rinda, «marmar go‘sht» nima va u qanday yetishtiriladi, degan savolga oydinlik kiritib ketsak. Bu xususda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori A'zamjon Nurmatov bilan suhbatlashdik.
«Institutimizda bir necha yillardan buyon mahalliy qoramollar mahsuldorligini oshirish, go‘sht sifatini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib boryapmiz. Tajriba xo‘jaligimizda, mahalliy buqachalarni turli oziqlantirish usullarida boqib sinayapmiz. Jumladan, 3 oydan beri BDK feed omuxta yemlaridan foydalanmoqdamiz. Bir yoshgacha buqachalarning oylik o‘sishi odatdagidan 10-15 foizga oshdi. 1 yoshdan katta buqachalarning oylik tirik vazni 24 kilogramgacha o‘sishiga erishildi.
Shu bilan birga, mazkur omuxta yemlarni bo‘rdoqi buqalarda ham sinab ko‘rdik. Oxirgi ikki oyda konsentrat ozuqa sifatida mana shu firma mahsulotini berib boqqanimizda, ularning ham tirik vazni kunlik 800-1000 gramni tashkil etdi. O‘sha bo‘rdoqilarni so‘yganda olinadigan go‘sht sifatini ushbu go‘shtlar o‘rtasidagi farqda ham ko‘rish mumkin. Maxsus tayyorlanmagan go‘shtlarda yog‘ qatlami alohida shakllangan, go‘sht tolalari dag‘alroq bo‘lib ko‘zga tashlanmoqda. BDK feed omuxta yemlari bilan boqilgan bo‘rdoqi go‘shtida alohida yog‘ qatlamlari ko‘zga tashlanmayapti. Buning sababi, yog‘ qatlamlari go‘sht tolalari orasiga kirib ketganidir. Buning natijasida xalq tilida «marmar go‘sht» deb aytiladigan, xaridorgir va yumshoq go‘sht yetishtiriladi», - dedi Hamza Suyunov.
BDK feedMChJ O‘zbekistonda yem ishlab chiqarish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan kompaniya bo‘lib, samarali, foydali, tez hazm bo‘ladigan, o‘zlashtirish darajasi yuqori, vitamin va minerallarga boy omuxta yem mahsulotlarini taklif etadi.Bundan tashqari, korxona barcha mijozlari uchun ochiq eshiklar amaliyotini joriy qilmoqda. Endi har bir mijoz korxonada yem qanday ishlab chiqarilishi bilan tanisha oladi. Korxona faoliyati xususida BDK feed MChJ vakili quyidagilarni bildirdi:
«Korxonamiz 2009 yildan, asosan, chorvachilik va baliqchilik uchun intensiv yem ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Baliqchilik uchun ishlab chiqarilgan yem mahsulotlarimiz ham 2018-2019 yilgi mavsumlarda o‘z samarasini berdi. Ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish natijasida omuxta yemlarning samaradorligi yanada oshdi. Shu kunlarda, Xitoydan yangi uskunalar keltirib, eskisi almashtirildi.
Bundan tashqari, yemlarning sifatini yanada yaxshilash maqsadida, ularni soya shroti, oqsillar, yog‘lar, no‘xat, makkajo‘xori, ozuqaviy un va vitaminli qo‘shimchalar bilan boyitilmoqda. Shu bilan birga, baliqqa beriladigan yemni intensivlashtirish maqsadida baliq uni keltirilmoqda. Endilikda, korxonamiz mijozlari yem ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishishlari ham mumkin. Buning korxonamiz eshiklari har doim ochiq», - deydi Biznes development konsalting MChJ bosh buxgalteri Hamza Usmonov.
Yana bir muhim jihati, kompaniya omuxta yemlari halollik va poklik tamoyillariga rioya qilingan holda ishlab chiqariladi. Ularda gormonal yoki inson salomatligi uchun zararli, halolligiga shubha bor qo‘shimchalar mavjud emas.
BDK feed MChJ buyurtmani qabul qilib olganidan so‘ng, uni tayyorlash, manzilga jo‘natish ishlarini qisqa fursatda amalga oshiradi.
Murojaat uchun telefonlar:
Toshkent: +99897 7017401;+99897 7017405; +99898 1888882
Qo‘qon: +99897 2097697
Marg‘ilon: +99898 5755662
Xorazm: +99897 7017406; +99899 8386561
Surxondaryo: +99897 8496070
Qashqadaryo: +99897 6180757
Telegram:
t.me/Donmaxsulotlar
t.me/fermer_bdkfeed
E-mail: bdkonsalting@mail.ru
Sayt: www.bdkfeed.uz
Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qipchoq MFY
Reklama huquqi asosida