Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rosgeologiya» O‘zbekistonning uglevodorod zaxiralari tarkibini tahlil qiladi
O‘zbekistonning uglevodorod zaxiralari tarkibini «Rosgeologiya» tajribasi va mavjud ishlanmalarini hisobga olgan holda tahlil qilish rejalashtirilgan
O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov 2020 yil 27 fevral kuni «Rosgeologiya» AJ bosh direktori, boshqaruv kengashi raisi Sergey Gorkov bilan uchrashdi.
Uchrashuv «Rosgeologiya» delegatsiyasining Toshkentga amalga oshirgan bir kunlik tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tashrif dasturiga binoan unda O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi Bobur Islomov, «IMR» instituti, «O‘zbekgeofizika» hamda Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti rahbariyati ham ishtirok etib, «Rosgeologiya» AJ va O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasi o‘rtasida O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy potensialini rivojlantirish uchun mineral xomashyolardan samarali foydalanish borasida yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Muloqot davomida energetika vaziri A.Sultonov ta'kidlab o‘tganidek, imzolangan shartnoma va unda belgilab berilgan yo‘nalishlar «Rosgeologiya» AJ va Energetika o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish barobarida, O‘zbekistonning uglevodorodlar va mineral xomashyolar bazasini sezilarli tarzda mustahkamlashga, hududlarning energiya ta'minoti sifatini oshirishga xizmat qiladi.
«Hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar doirasida ishlab chiqarish sur'atlarini oshirish, shuningdek, neft-gazning istiqbolli hududlarini havzali, geologik va gidrodinamik modellashtirish uchun zamonaviy usul va texnologiyalarni joriy etish maqsadida resurs salohiyatini baholash, aniqlanmagan konlarni qidirish va baholash hamda O‘zbekistonning uglevodorod zaxiralari tarkibini «Rosgeologiya» AJ tajribasi va mavjud ishlanmalarini hisobga olgan holda tahlil qilish rejalashtirilgan. Respublikaning sanoat xomashyosi va geologik uglevodorodlarni xalqaro talablarga muvofiq ravishda to‘liq inventarizatsiya qilish vazifalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu O‘zbekistonning neft-gaz sanoati uchun juda muhimdir», – deb ta'kidladi vazir.
«Rosgeologiya» korxonalarida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun havzalarning zamonaviy uslub va texnologiyalari masalalari, istiqbolli neft-gaz hududlarning geologik va gidrodinamik modellashtirish va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda o‘quv dasturlari va malaka oshirishni tashkil etish yo‘nalishida hamkorlikning katta istiqbollari borligi ta'kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar erishilgan kelishuvlarni tezroq amalga oshirishga va amaliy hamkorlik sur'atlarini rivojlantirishga qiziqish bildirdilar.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oktyabrida «O‘zbekneftegaz» va «Rosgeologiya» tomonidan hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangan bo‘lib, unda O‘zbekiston hududida geologiya qidiruv sohasida o‘zaro hamkorlik qilish belgilangan.
Mavzuga oid
19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
20:09 / 03.02.2025