Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 10 martdan o‘zaro ichki muzokaralar boshlanadi
Muzokaralar yakuni bo‘yicha yangi hukumat shakllanganidan keyin AQSh Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaydi.
"Tolibon" harakati va Afg‘onistondagi boshqa tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar 10 mart kuni boshlanadi. Bu haqda AQSh va toliblar o‘rtasida imzolangan kelishuvda aytiladi.
"Xorij qo‘shinlarining to‘liq olib chiqib ketilishi to‘g‘risidagi kafolat va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida uning muddati e'lon qilinganidan so‘ng, Afg‘oniston hududi AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligi e'lon qilinganidan so‘ng, 10 martdan "Tolibon" harakati Afg‘onistondagi tomonlar muzokaralarni boshlaydi", - deyiladi hujjatda.
Qayd etilishicha, muzokaralar yakuni bo‘yicha yangi hukumat shakllanganidan keyin AQSh Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaydi.
Hujjatga muvofiq, agarda toliblar barcha majburiyatlarga amal qilsa, Vashington va uning ittifoqchilari 14 oy mobaynida barcha qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketadi.
29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha shahrida AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi.
Tinchlik kelishuvini imzolash marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025