Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq bosh vaziri Muhammad Alaviy o‘z lavozimidan voz kechdi - OAV
Fevral boshida Iroq bosh vaziri etib tayinlangan Muhammad Tofiq Alaviy parlamentdan yangi hukumatni shakllantirishga ma'qullov olishga muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin o‘z lavozimidan voz kechdi.
Bu haqda “as-Sumariya” telekanali ma'lum qildi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Alaviy iste'foga chiqish iltimosi bildirilgan maktubni Iroq prezidenti Barhom Solihga yo‘llagan.
Iroq parlamenti 1 mart kuni deputatlarning kam sondagi ishtiroki sababli hukumatning yangi tarkibi bo‘yicha yana ovoz bera olmagan.
Parlament dastlab yangi vazirlar mahkamasi tarkibini tasdiqlash uchun 24 fevralda yig‘ilish o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Biroq u yangi hukumat tarkibida bo‘lishi bir qator fraksiyalar noroziligini keltirib chiqargan bahsli nomzodlar muhokama qilinishi sababli qoldirilgan.
Avvalroq Alaviy o‘z hukumati tasdiqlangandan keyin namoyishchilar va xavfsizlik idoralari xodimlari o‘ldirilishini tergov qilishni boshlashga va “tinch namoyishchilar”ni ozodlikka chiqarishga va'da bergandi. U, shuningdek, mamlakatda muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi uchun choralar qabul qilinishini aytgan.
Mavzuga oid
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi
17:34 / 31.01.2025