Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus Xitoyda ekologik vaziyatning yaxshilanishiga sabab bo‘ldi
Foto: EPA
Sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar Xitoyda havoning ifloslanishi darajasi ancha kamayganini ko‘rsatmoqda. Bunga koronavirus sababli ishlab chiqarishning to‘xtashi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Bu haqda NASA koinot agentligi ma'lumotlariga asoslanib xabar berildi.
Ushbu holat qisman koronavirus sababli ishlab chiqarishning qisqarishi bilan tushuntirilmoqda. Ayni vaqtda Xitoyda virus tarqalishi oldini olish maqsadida ko‘plab fabrikalar yopilgan.
Suratlarning ko‘rsatishicha, Xitoyda 2020 yilda azot ikki oksidi miqdori ancha kamaygan. NASA ma'lumotlariga ko‘ra, zaharli gazning miqdori kamayishi dastlab virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri havosida qayd qilingan.
Chiqindilar miqdori qisqarishi harakatlanish va ishlab chiqarishga cheklovlar kuchga kirgan davrga mos kelgan.
Koinot agentligida ta'kidlanishicha, ular muayyan bir hodisa sababli bunday keskin o‘zgarish yuz berganini birinchi marta ko‘rmoqdalar. Avvalroq azot ikki oksidi miqdori kamayishi 2008 yilgi moliyaviy inqiroz vaqtida kuzatilgan, biroq o‘shanda zaharli gaz sekin-asta kamaygan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025