Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya bosh vaziri Turkiyani migrantlar kontrabandachisi deb atadi
U Turkiya Gretsiya chegarasiga jo‘natayotgan minglab noqonuniy migrantlar Gretsiya xavfsizligiga tahdid uyg‘otishini aytdi.
Migrantlar va qochqinlar kimlarningdir geosiyosiy o‘yinlari uchun qurolga aylanmasligi kerak, dedi Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis.
"Bu hukumat chegaralarni mudofaa qilish borasida boshqa siyosat olib bormoqda. Migrantlar va qochqinlar geosiyosiy o‘yinlar vositasi sifatida foydalanilmasligi borasida aniq aytmoqdamiz. Ular bunday siyosatning haqiqiy qurbonlari. Bunday yondashuvni qabul qilib bo‘lmaydi", - dedi Mitsotakis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gretsiya xalqaro va Yevropa huquqlari doirasida harakat qilmoqda.
"Gretsiya chegarasida yuz berayotgan voqealar birinchi darajadagi muhim ahamiyatga ega xalqaro siyosiy muammo hisoblanadi", - dedi Gretsiya bosh vaziri.
"Aytadigan gapimiz aniq: "Gretsiyaga noqonuniy kirishga urinmang, bunga erisholmaysiz va bu ishingiz uchun to‘laligicha javobgar bo‘lasiz", - dedi u.
U Turkiya Gretsiya chegarasiga jo‘natayotgan minglab noqonuniy migrantlar Gretsiya xavfsizligiga asimmetrik tahdid uyg‘otishini aytdi.
"Turkiya o‘z talablarini qondirish uchun minglab odamlarni chegaraga jo‘natmoqda. Afsuski, Turkiya rasman migrantlar kontrabandachisiga aylandi", dedi u.
Avvalroq Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen Yevroittifoq Gretsiyaga migratsion inqiroz fonida 700 million yevro miqdorida yordam ajratishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025