Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Yo‘ldosh boboga tovon pulini to‘lab berdi
Kun.uz saytida Kattaqo‘rg‘on shahrida tadbirkorning do‘koni buzilib, yillar davomida u mahalliy hokimlikdan kompensatsiya pulini ololmay kelayotgani haqida maqola e'lon qilingan edi.
Ushbu holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimiyati matbuot xizmati munosabat bildirdi.
«Kun.uz saytida «Yo‘ldosh boboning do‘koni qarorsiz buzilganmidi? Yoxud hokimlikning «qosh-qovog‘iga qaramagan» adliya bo‘limi» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Unda Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaro Yo‘ldosh Boboyevning do‘koni buzilib, kompensatsiya pulini ololmay kelayotgani aytilgan. Shuni ma'lum qilamizki, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining 2020 yil 2 martda 41-f raqamli farmoyishi qabul qilindi va unga asosan Y.Boboyevning 35 mln 732 ming 635 so‘m miqdoridagi tovon puli to‘lab beriladigan bo‘ldi», — deya munosabat bildirmoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, shahar adliya bo‘limi Yo‘ldosh Boboyevning manfaatini ko‘zlab, 2019 yilning 3 dekabrida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan va masala fuqaro foydasiga hal bo‘lgan. Hokimlik e'tiroznoma kiritgach, joriy yilning 30 yanvar kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida tadbirkorning uzoq cho‘zilgan kompensatsiya masalasi qayta ko‘rilib, tumanlararo sudning hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgandi.
MIB Samarqand viloyat axborot xizmatining tahririyatimizga ma'lum qilishicha, Byuroning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi shahar hokimligi farmoyishiga ko‘ra ajratilgan 35 mln 732 ming 635 so‘m miqdoridagi tovon pulini undirib, Yo‘ldosh Boboyevning plastik kartochkasiga tashlab bergan.

Mavzuga oid
12:16 / 06.06.2024
Samarqandda eriga jahl qilib bolasini azoblagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:30 / 03.01.2022
«Buning nomi – feodalizm». Qashqadaryo hokimining talabi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda
15:38 / 06.07.2021
Namanganda “snos”ga tushgan uylar egasining roziligisiz buzib tashlandi
13:21 / 30.06.2021