Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada 24 kishi koronavirusga gumon bilan shifoxonaga joylandi
2 mart kuni Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etildi. Virus Italiyadan kelgan yigitda aniqlangan. Shuningdek, u bilan yaqin aloqada bo‘lgan 24 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.
Moskva meri Sergey Sobyanin o‘z blogida virus aniqlangan yigitda kasallik yengil o‘tayotgani, u zarur davolanishni olayotganini ma'lum qilgan.
Merning ta'kidlashicha, 29 fevralda yigit virusga chalinganligiga gumon paydo bo‘lgandan keyin bir kun ichida u bilan yaqin aloqada bo‘lgan barcha kishilar: qarindoshlari, tanishlari, u bilan bir reysda uchgan yo‘lovchilar aniqlanib, shifoxonaga joylangan.
“Bemorning 6 qarindoshi va 5 tanishi, yo‘lovchilardan 13 nafari shifoxonaga joylashtirilgan”, deb ma'lum qilgan Moskva meri. Shuningdek, bemor bilan birga uchgan yana 83 kishi karantinga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025