Jahon | 15:21 / 03.03.2020
20857
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya qiruvchi samolyoti Suriya samolyotini urib tushirdi

Turkiya havo hujumidan mudofaa tizimi yakshanba kuni muxolifat nazoratida bo‘lgan Idlib osmonida uchayotgan suriyaliklarning ikkita qiruvchi samolyotini urib tushirgandi.

Foto: Murad Sezer / Reuters

Turkiya harbiy-havo kuchlariga qarashli F-16 qiruvchi samolyoti Idlib provinsiyasida Suriya prezidenti Bashar Asad armiyasi samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Orient telekanali o‘zining Twitter-akkauntida ma'lum qildi.

SANA agentligining ma'lumot berishicha, hukumat kuchlariga qarashli samolyoti Idlibdagi terrorchilarga qarshi amaliyotda ishtirok etayotgan vaqtda Turkiya qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilgan. 

Turkiya mudofaa vazirligi ushbu ma'lumotni tasdiqladi. Vazirlikning Twitter-akkauntida qayd etilishicha, Suriya armiyasining L-39 samolyoti urib tushirilgan. 

Turkiya havo hujumidan mudofaa tizimi yakshanba kuni muxolifat nazoratida bo‘lgan Idlib osmonida uchayotgan suriyaliklarning ikkita qiruvchi samolyotini urib tushirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid