Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan Gretsiyaga 130 mingdan ortiq noqonuniy migrant o‘tdi
Vaziyatni baholash uchun Gretsiya-Turkiya chegarasiga Yevrokengash raisi Sharl Mishel, Yevropa parlamenti raisi David Sassoli va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen kelishi kutilmoqda.
O‘tgan haftadan buyon Turkiyadan Gretsiyaga 130 mingdan ortiq noqonuniy migrant o‘tdi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu ma'lum qildi.
"3 mart holatiga ko‘ra, Edirne provinsiyasi orqali Turkiyadan Gretsiyaga o‘tgan noqonuniy migrantlar soni 130 469 nafarga yetdi", - deb yozdi vazir o‘z tvitterida.
Seshanba kuni vaziyatni baholash uchun Gretsiya-Turkiya chegarasiga Yevrokengash raisi Sharl Mishel, Yevropa parlamenti raisi David Sassoli va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen kelishi kutilmoqda.
Turkiya o‘tgan haftada Suriyadan kelayotgan qochqinlar oqimini boshqarishga qodir emasligini bildirib, YeI bilan chegaralarni ochib yuborganini ma'lum qilgandi.
Gretsiya migratsiya va boshpana berish ishlari vaziri Panayotis Mitarakis 2 mart kuni mamlakat noqonuniy migrantlar oqimiga tayyor emasligini aytdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025