Jahon | 23:21 / 04.03.2020
24902
2 daqiqa o‘qiladi

Eronning eng baland binosiga «himoya niqobi taqildi»

Eronda kompyuter maxsus effektlari bo‘yicha mutaxassis va vizualizator Hamid Abrahimniya Eronning eng baland binosi – «Burj Milad» osmono‘par binosiga katta niqobni «taqib qo‘ydi».

Foto videodan olindi

Gap shundaki, mutaxassis montaj yordamida «binoni koronavirusdan saqlash maqsadida ikkita vertolyot yordamida unga niqob taqib qo‘yiladigan» video ishlagan. U o‘z ishini Instagram’dagi sahifasida joylagan.

“Biz koronavirusni yengamiz. Ushbu ramziy ishim men yashaydigan shaharda kasallikka qarshi birgalikdagi kurashni aks ettiradi. O‘zingizni himoya qilish uchun JSST tavsiyalari bilan tanishib chiqib, ularga amal qiling”, deb izoh qoldirgan dizayner o‘z roligiga. 

Postga izohlarda foydalanuvchilar muallifni video haqqoniy chiqqani va muammoga e'tiborni antiqa yo‘l bilan qaratgani uchun maqtashgan. Koronavirus aniqlangan boshqa davlatlar vakillari ham Hamiddan ularning shaharlaridagi mashhur binolarga “niqob taqib qo‘yishni” so‘rashgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda 2336 kishi koronavirusga chalingan, 77 kishi undan vafot etgan. 

Xabar qilinishicha, Eronda yana bir amaldor - sanoat, konlar va savdo vaziri Rizo Rahmoniyda ham koronavirus aniqlangan.

Mavzuga oid