Dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratildi
Yangi qurilma avvalgi superkompyuterdan 10 marta kuchliroq va 200 ta eng kuchli superkompyuterning birgalikda olingan imkoniyatlariga ega.
AQShda El Capitan deb nomlangan, dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratildi. Bu haqda Businesswire nashri xabar berdi.
El Capitan’ni Hewlett Packard va AMD kompaniyalari AQSh energetika vazirligi buyurtmasi bilan ishlab chiqqan. Uning hisoblash imkoniyatlari eng kuchli 200 ta superkompyuterning birgalikda olingan imkoniyatlariga teng.
Yangi superkompyuter 2023 yildan to‘laqonli qo‘llana boshlanadi. U yadro quroli, iqlim, genlar mutatsiyasi tahlili, dori-darmon izlash bilan bog‘liq masalalarni yechadi.
Qurilma AMD’ning Zen 4 arxitekturali protsessorlari bilan jihozlandi. Bu protsessorlar 2021 yildagina sotuvga chiqariladi.
El Capitan soniyasiga 2 000 000 000 000 000 000 (millionta trillion) ta operatsiyani bajara oladi.
Ta'kidlanishicha, yangi superkompyuter hozirgi eng kuchli superkompyuterdan 10 marta kuchliroqdir.
Mavzuga oid
17:55 / 30.09.2024
Grin karta mavsumi 2 oktyabrdan boshlanadi
15:47 / 30.09.2024
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
12:10 / 30.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
22:37 / 28.09.2024