Sport | 16:20 / 05.03.2020
14660
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino qalbaki pasport bilan qo‘lga tushdi

Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldino qamalishi mumkin.

Foto: Getty Images

AS xabariga ko‘ra, paragvaylik prokuror mashhur to‘purarni hibsga olish haqida order bergan. Ronaldino va uning ukasi bu mamlakatga qalbaki pasport bilan kirganlikda gumonlanmoqda. Politsiya ular joylashgan mehmonxonada tintuv o‘tkazgan. Ayni paytda har ikkalasi politsiya nazorati ostida qolmoqda.

Ronaldino Paragvayga bolalar uchun mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash dasturini taqdim qilishga borgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldino vatanida ekologiyaga yetkazgan zarari uchun 2,3 mln yevro miqdorida jarimaga tortilgandi. Shundan so‘ng, prokuratura uning 57ta ko‘chmas mulkiga taqiq qo‘ydi.

Mavzuga oid