Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi eng yirik hududiy aviakompaniya koronavirus sababli inqirozga uchradi
Mamlakat transport vaziri Grant Shepps hukumat Flybe xodimlariga yangi ish topishda yordam berishini aytdi.
Yevropadagi eng yirik hududiy aviakompaniya bo‘lgan Britaniyaning Flybe aviakompaniyasi hukumat unga 100 mln funt kredit berishni rad etganidan so‘ng tashqi boshqaruvga o‘tdi. Aviakompaniyaning barcha reyslari bekor qilindi. Koronavirus aviakompaniya inqirozga uchrashiga sabablardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.
Kompaniyada 2000 xodim ishlaydi, ular ishsiz qolishi mumkin, deya qayd etadi VVS.
Flybe bosh direktori qo‘l ostidagilariga yozgan maktubida barcha sa'y-harakatlarga qaramasdan, kompaniya o‘z ishini davom ettirish uchun pul topa olmaganini ma'lum qildi. U vaziyatdan chiqish yo‘li yo‘qligini aytdi.
Flybe yanvarda moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgandi. Kompaniya yetti hafta davomida hukumat bilan moliyaviy yordam borasida muzokara olib bordi, ammo rad javobini oldi.
Mamlakat transport vaziri Grant Shepps hukumat Flybe xodimlariga yangi ish topishda yordam berishini aytdi.
COVID-19 koronavirusi tarqalishi sababli yanvardan buyon dastlab Xitoy bilan, so‘ngra kasallik tarqalgan boshqa davlatlar bilan qatnovlarga cheklov o‘rnatilgan. Aviakompaniyalar reyslarni bekor qilmoqda va zarar ko‘rmoqda.
Flybe 40 yil davomida Britaniya aviatsiyasining yetakchi kompaniyalaridan bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025