Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmadi - TIV
Tashqi ishlar vazirligi Italiya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qildi.
Bildirilishicha, Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rim shahridagi elchixonasi huzurida operativ shtab tuzildi va uning a'zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib turilibdi.
O‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2ta guruh – «Nashi studenti v Italii» va «Tashkent-Torino-2019/2020» ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.
2020 yil 6 mart kuni ertalabki holatga ko‘ra Italiyada O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.
Elchixonaning ma'lum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa ko‘chirildi, Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga tashriflari qoldirildi.
O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi operativ shtab a'zolarining telefon ma'lumotlari:
Abdulaziz Abdug‘aniyev, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi
+390687775827; +393441124141
Munira Nizomova, Konsul, birinchi kotib
+390687775739; +393356080226
Doston Omonov, Attashe
+390687775724; +393358155529
Xushnud Ortiqov, Uzbekistan Airways AJning Italiyadagi vakili
+390642014811; +393476994402.
Elchixonaning internet-resurslari:
Veb-sayt: http://italia.mfa.uz/
Elektron pochta: [email protected]
Facebook'dagi sahifa: https://www.facebook.com/UZEmbassyItaly/
Telegram’dagi guruhlar: «Nashi studenti v Italii» va «Tashkent-Torino-2019/2020».
Elchixona manzili:
Ambasciata dell’Uzbekistan in Italia
Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma.
Bundan oldin, Eronda 50 nafarga yaqin o‘zbekistonlik borligi, TIV ularga tavsiya bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
23:21 / 15.05.2025