Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti toliblar bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi
Fevral oxirida AQSh toliblar bilan tinchlik kelishuvini imzoladi. Kelishuvda xususan, Afg‘onistonda o‘zaro tinchlik muzokaralarini boshlash va asirlarni almashtirish zarurligi aytilgan.
Afg‘oniston hukumati 10 martda "Tolibon" harakati bilan muzokaralar jarayoniga tayyor bo‘ladi, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani.
"Afg‘oniston Islom respublikasi o‘rnatilgan tamoyillarga asoslanib toliblar bilan muzokaralarni boshlashga tayyor", - deya G‘anining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda EFE agentligi.
U muzokaralar uchun delegatsiya a'zolari ro‘yxati o‘ninchi mart sanasiga tayyor bo‘lishini aytdi.
Shu bilan birga G‘ani toliblarning asirlikdagi besh mingta jangarisini ozod etishni talab qilishlariga hali erta deb hisoblashini aytdi.
Fevral oxirida AQSh toliblar bilan tinchlik kelishuvini imzoladi. Kelishuvda xususan, Afg‘onistonda o‘zaro tinchlik muzokaralarini boshlash va asirlarni almashtirish zarurligi aytilgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025