Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya prezidenti 2 haftani karantinda o‘tkazadi
Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Souza koronavirus tarqalishi sababli o‘zining barcha amaliy tadbirlarini bekor qilib, o‘z qarorgohida 14 karantinda bo‘ladi.
Bu haqda prezident devonxonasi xabarida ma'lum qilingan.
71 yoshli prezident virusga chalinmagan, biroq prezident saroyiga o‘tgan hafta tashrif buyurgan o‘quvchilar ta'lim oladigan maktabda koronavirusga chalinish holati aniqlangan. Ammo virusga chalingan o‘quvchi va uning sinfdoshlari saroyga borishmagan.
“Prezidentda kasallik alomatlari bo‘lmasa-da, u yaqin ikki hafta uchun barcha tadbirlarni bekor qilishga qaror qildi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, bu prezidentning xorijiy safarlariga ham taalluqli bo‘ladi. Di Souza o‘z qarorgohida shifokorlar kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Portugaliyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat 2 mart kuni qayd qilingan. 8 mart kuni kasallanish holatlari 25 tagacha ko‘paygan.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025