Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert: tibbiyot niqobi koronavirusga qarshi foyda beradi, ammo...
Amerika Mikrobiologiya jamiyati a'zosi: “Tibbiy niqoblar albatta foyda beradi. Faqat ularni ma'lum muddat taqish kerak va nam bo‘lishi bilan almashtirish zarur”
Koronavirus infeksiyasiga oid anjumanda epidemiologiya sohasida xalqaro ekspert, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov Kun.uz muxbirining tibbiy niqoblar qay darajada samarali ekanligi bo‘yicha savoliga javob berdi:
– Albatta, tibbiy niqoblar samara beradi. Faqat ulardan foydalanishning ham qoidasi bor. Niqoblarning turiga qarab 20 daqiqadan 3 soatgacha foydalanish mumkin. Afsuski ko‘pchilik nima qiladi – niqobni bir necha kunlab taqib yuradi. Bu nafaqat foydali, balki zarar keltirishi ham mumkin, chunki namiqib, xavfli bo‘lib qoladi.
Tibbiy niqoblar tanqisligiga kelsak, bu nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kuzatilayotgan holat. Bunda qo‘lbola vositalardan foydalanish, oddiy dokadan niqob tikib olish yoki hatto hojatxona qog‘ozi va salfetkalardan yasab olish mumkin.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021