Jamiyat | 19:55 / 12.03.2020
8658
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy sud raisi Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan medal bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi oliy sudi raisi Kozimjon Komilov Rossiya Federatsiyasi tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Kozimjon Komilov / Foto : Oliy sud matbuot xizmati

“Uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik asoslarini mustahkamlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma'lumot berildi”, deyiladi xabarda.

Foto : Oliy sud matbuot xizmati

Uchrashuv doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Foto : Oliy sud matbuot xizmati

Uchrashuv yakunida Aleksandr Bastrikin Kozimjon Komilovni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining “Za zaslugi” medali bilan taqdirladi.

Mavzuga oid