Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
United Airlines koronavirus tufayli katta qarz olishga majbur bo‘ldi
United Airlines aviakompaniyasi turizm sohasida misli ko‘rilmagan zarar tufayli uni bartaraf etish uchun 2 milliard dollar qarz olgani haqida ma'lum qildi.

REUTERS/Chris Helgren/File Photo
Koronavirus pandemiyasi ko‘plab parvozlarning bekor qilinishi va turizmga taqiq qo‘yishga sabab bo‘lmoqda.
Chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa davlatlariga bo‘lgan parvozlarning 30 kunlik bekor qilinishi bu aviakompaniyani yanada tang ahvolga olib keldi.
So‘nggi kunlarda AQSh va Yevropa kompaniyalari kredit mablag‘larni jalb qilishda kelishmovchiliklarga duch kelayotgani ma'lum qilingan.
Boeing Co (BA.N)’ning ma'lum qilishicha, ular o‘tgan oyda kelishilgan 13.8 mlrd dollarlik qarzlarni qaytarib olishni rejalashtirmoqda.
United Airlines aviakompaniyasi 9 mart kuni kredit shartnomasi asosida qarz olishiga to‘g‘ri kelgan. Bu mablag‘ tranzatsion to‘lovlar va xarajatlarni qoplash hamda boshqa kapital ehtiyojlar uchun sarflanishi rejalashtirilgan.
Kelishuv bo‘yicha, kreditning asosiy qismi 2021 yilning 8 martiga qadar bir martalik to‘lov yo‘li bilan qaytarilishi kerakligi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti chorshanba kunga kelib yangi koronavirusni pandemiya deb e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

19:04 / 17.04.2025
AQShda samolyot dvigatelga yovvoyi quyon kirib ketishi sabab favqulodda qo‘ndirildi

11:11 / 21.10.2023