Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirus sabab favqulodda holat e'lon qilindi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus sabab favqulodda holat e'lon qildi. Bu haqda maxsus tashkillashtirilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra favqulodda holat e'lon qilinishi koronavirusga qarshi kurash uchun muhim chora hisoblanadi. AQSh prezidenti koronavirusga qarshi kurash uchun 50 milliard dollargacha pul ajratilishi mumkinligini aytdi. Favqulodda holatning dastlabki bosqichida virusdan himoyalanish uchun kerakli bo‘lgan vositalar mamlakat bo‘ylab tarqatiladi.
Watching Trump stumble in responding (late) to the Covid-19 virus spread, it is clear his incompetence knows no bounds.
— Julián Castro (@JulianCastro) March 13, 2020
Our nation desperately needs a new president. pic.twitter.com/TAnbxv2ZrV
Tramp favqulodda holat e'lon qilinishiga oldinroq yozgan tvitterdagi postida ishora qilgandi: «Bugun 15:00da Oq uyda matbuot anjumani o‘tkaziladi. Mavzu: koronavirus!», deb yozgandi Tramp o‘z mikroblogida.
12 mart kuni Tramp koronavirusga qarshi kurash maqsadida 30 kunga Yevropa mamlakatlaridan AQShga kirishni taqiqlash haqida qaror qabul qilgandi. Oldinroq AQShning Vashington, Nyu-York va Kaliforniya shtatlarida favqulodda holat e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021