Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navro‘z sayllari bekor qilindi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus tufayli Navro‘z sayllari bekor qilingani haqida ma'lum qildi.
Koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida O‘zbekistonda barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navro‘z bayrami doirasidagi umumxalq sayllari bekor qilinadi. Bu haqda 15 mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma'lum qilingan.
Bundan tashqari, sport tadbirlari ommaviy marosimlar: uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilingan.
Hozircha bayram tadbirlari qachongacha qoldirilgani ma'lum emas.
Bundan avvalroq O‘zbekistondagi barcha ta'lim muassasalari karantinga yopilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021