Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu o‘ziga qarashli mehmonxonalarni bepul kasalxonalarga aylantirmoqchi
Futbolchi bu kasalxonalarda ishlaydigan xodimlarga o‘z yonidan maosh bermoqchi.
«Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z vataniga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam bermoqchi, deb yozmoqda Marca nashri.
Nashr manbasining ma'lumot berishicha, futbolchi o‘ziga qarashli mehmonxonalarni koronavirusga chalinganlar uchun bepul kasalxonaga aylantirishni rejalashtirmoqda. U bu kasalxonalarda ishlaydigan xodimlar uchun o‘z yonidan maosh to‘lamoqchi.

Portugaliyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 41ta holat qayd etilgan.
Ronaldu hozirda Portugaliyada qolishni rejalashtirgan, chunki uning «Yuventus»dagi jamoadoshi Daniyel Ruganida koronavirus aniqlangan.
Futbol bo‘yicha Italiya chempionati koronavirus tarqalishi sababli noma'lum muddatga qoldirilgan.
15 mart maholatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 150 ming kishidan oshgan. Olti mingga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025