Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan uyga qaytuvchi talabalar uchun chegirma beriladi
Toshkent shahridan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo‘llari va samolyotlarda 50 foizlik chegirma beriladi.
Oliy ta'lim muassasalarida o‘qish to‘xtatilgani tufayli viloyatlarda yashaydigan talabalarning uyga qaytish xarajatlari uchun 50 foizgacha chegirma taqdim etiladi. Bu haqda 15 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan maxsus brifingda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma'lum qildi.
Bundan tashqari, jamoat transportining shoh bekatlari va temir yo‘l depolarida yo‘lovchi transporti vositalari har to‘rt soatda dezinfeksiya qilinishi lozimligi ham ta'kidlab o‘tilgan.
Bundan oldinroq, koronavirus tufayli 16 mart kunidan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun ta'til e'lon qilingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021