Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondan 37 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Eronga insonparvarlik yukini yetkazish uchun ajratilgan havo kemasida ushbu mamlakatda bo‘lgan O‘zbekistonning 37 nafar fuqarosi vatanga olib kelindi. Bu haqda Kun.uz’ga Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: FVV matbuot xizmati
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lum qilishicha, reys kecha, 16 mart kuni kechki soat 21:55da Namangan shahri aeroportiga qo‘ngan.
Ular koronavirus tufayli chegaralarning yopilgani natijasida 23 fevraldan buyon Eronning «Lutfobod» postidagi terminalda qolib ketgan 14 nafar haydovchi, shuningdek, talabalar, tadbirkor va diplomatlardir.
Yo‘lovchilar maxsus kiyim-boshlar bilan himoyalangan tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan birma-bir dezinfeksiya qilinib keyin samolyotdan chiqarilgan va ular avtobuslarda tibbiy nazorat karantinida saqlash uchun tayyorlab qo‘yilgan tibbiyot muassasalariga jo‘natilgan.
16 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq koronavirusning oldini olish chora-tadbirlariga ko‘maklashish maqsadida Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi.
Bundan avvalroq, 16 mart kuni kechqurun Namangan aeroportiga Latviya poytaxti Rigadan uchgan samolyot ham qo‘ngani, uning bortida kelgan 175 nafar o‘zbekistonlik ikki haftalik karantinga joylashtirilishi haqida xabar qilingandi.
- Eron va Rigadan olib kelingan fuqarolar To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Kosonsoy sihatgohlaridagi maxsus tayyorlab qo‘yilgan joylarga yotqizilib, 14 kunlik karantin nazoratiga olinadi.
Mavzuga oid
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
20:49 / 15.05.2025