Jamiyat | 09:58 / 18.03.2020
20156
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘rijar kanalidan murda topildi. U Milliy gvardiya xodimlaridan qochgani aytilmoqda

Milliy gvardiya xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi deb taxmin qilinayotgan bir nafar shaxsning ortidan quvgani, so‘ng u o‘zini Bo‘rijar kanaliga tashlagani va oradan ikki hafta o‘tgach uning murdasi topilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Bo‘rijar kanalidan murda topilgani haqida xabar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning yozishicha, Facebook’da joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasida Milliy gvardiya xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi deb taxmin qilinayotgan bir nafar shaxsning ortidan quvgani haqida ma'lumot berilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bildirilishicha, so‘ng u o‘zini Bo‘rijar kanaliga tashlaganligi va oradan 2 hafta o‘tgach ushbu kanaldan uning murdasi topilganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan.

Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid