Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusdan tuzalgan kishi uni qayta yuqtirishi mumkinmi?
Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, sog‘ayib ketgan kishilarda bu kasallikka qayta chalinish holati hali kuzatilmadi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Koronavirusdan tuzalgan kishi uni qayta yuqtirishi mumkinmi?Koronavirusdan tuzalgan kishi uni qayta yuqtirishi mumkinmi? 👉 https://kun.uz/51828809
Posted by Kun.uz on Wednesday, March 18, 2020
«Lekin undan tuzalgan kishining o‘pkasida kasallik asorati baribir qoladi.
Ya'ni, pnevmoniya bo‘lgan kishining o‘pkasida biriktiruvchi to‘qimalar rivojlanishi hisobiga unda nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Ularni tuzatish ancha vaqtni talab qiladi.
Aytganimdek, virusdan tuzalib va uni yana qayta yuqtirish holati hali kuzatilmagan», dedi agentlik direktori.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning asosiy to‘rtta belgisi quyidagilardir:
– Isitma
– Yo‘tal, aniqrog‘i quruq yo‘tal
– Nafas olishning qiyinlashishi. Bu – aynan koronavirusga xos.
– Xorijga chiqib kelganlik yoki xorijda bo‘lib qaytgan odamlar bilan aloqada bo‘lganlik.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021